Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan "Zarbdor" mahallasida tomorqadan samarali foydalanish o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi J. Xudoyqulova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabovlar tomonidan “Yetimqum” mahallasida olib borilayotgan ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“Zartepa” mahallasida tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Mustaqillik” mahallasidagi ichki yo‘llar masalasi deputat nazoratida
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi hamkorligi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“Do‘stlik” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Zarobod” saylov okrugida aholi murojaatlari o'rganildi
янв.21
“Takiya” mahallasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Hudud rivoji uchun hamkorlik muhim omil
янв.21
“Kunchiqish” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi ishlari o‘rganildi
CHINOZ TUMANIDA.DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI

🔰O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda tizimli ishlar olib borilmoqda. Qaror hududlarni rivojlantirish, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda mahalliy Kengash deputatlari va Senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan hamkorligini kuchaytirishga qaratilgan

✅Shu asosda Xalq deputatlari Chinoz tuman Kengashi deputatlarining saylov okruglarida belgilangan reja-jadvalga asosan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

♻️25-Amir Temur saylov okrugidan saylangan deputat Abdurashid Arslanov tomonidan tumandagi Amir Temur mahallasida fuqarolar bilan navbatdagi ochiq muloqot uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuv jarayonida hududda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari, yo‘llarni ta’mirlash, infratuzilmani yaxshilash, ichimlik suvi, elektr va gaz ta’minoti, shuningdek ijtimoiy sohadagi masalalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

❇️Yig'ilishda tegishli tashkilot vakillari ishtirok etishdi. Uchrashuv yakunida mahalladagi dolzarb muammolar muhokama qilinib, ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 3