Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yangi hayot” mahallasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi
янв.21
“Gilambob” mahallasida aholi murojaatlari va mahalla faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Xalqobod” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat hududdagi ishlar bilan tanishdi va fuqarolar murojaatlarini tingladi
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN MAHALLADAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiya issh rejasiga muvofiq yer resurslaridan samarali foydalanish masalalari o‘rganildi
янв.21
ZAROBOD MAHALLASIDA AMALIY ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“YANGI TURMUSH” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
ZAROBOD MAHALLASIDA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
"MAHALLA YETTILIGI" FAOLIYATI O‘RGANILDI
Hudud muammolari joyida o‘rganildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati  

❗️ Hudud muammolari joyida o‘rganildi: Oqilon mahallasida uchrashuv tashkil etildi

👥 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ibragimov Aziz tomonidan Oqilon mahallasida 7 ta mahalla raislari, xodimlari hamda fuqarolar ishtirokida ochiq muloqot shaklida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida 2025-yil yakuni va 2026-yilning 1-choragi davomida hududda yuzaga kelgan muammolar atroflicha muhokama qilindi. Deputat o‘z nutqida har bir murojaat va muammo e’tibordan chetda qolmasligi, ularni joyida o‘rganish orqali aniq yechimlarga erishish muhimligini ta’kidladi.

📊 Muloqot jarayonida aholi tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalar tizimli ravishda tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi. Deputat: “Hududdagi har bir muammo — bu bizning ishimiz natijasini belgilovchi omil. Shu bois ularni kechiktirmasdan hal etishimiz shart”, deya qayd etdi.

🏗 Shuningdek, shahar deputatiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar yana bir bor joylarga chiqib ko‘rib chiqildi. Ularning dolzarbligi, amaliy ahamiyati va aholiga ta’siri o‘rganildi. Ushbu jarayonda shahar va tuman mutaxassislari jalb etilib, zarur bo‘lgan smeta hujjatlari, o‘lchamlar hamda fotomateriallar yig‘ildi.

📸 Joylarda olib borilgan o‘rganishlar asosida har bir loyiha bo‘yicha aniq ma’lumotlar shakllantirilib, keyingi bosqichlar uchun puxta tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. Deputat bu borada: “Har bir loyiha puxta asoslangan, hujjatlar bilan mustahkamlangan bo‘lishi kerak. Shundagina natijadorlikka erishamiz”, deya ta’kidladi.

🤝 Mazkur uchrashuv aholi bilan ochiq muloqot o‘rnatish, muammolarni bevosita joyida o‘rganish hamda ularni hal etishda tizimli yondashuvni kuchaytirishga xizmat qildi. Yakunda deputat tomonidan barcha ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi, jarayonlar qat’iy nazorat ostida olib borilishi alohida ta’kidlandi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari)

Slide 1 of 6