Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya faoliyati
янв.21
Do‘stlik” mahallasida yo‘l qurilishi sifati nazoratda
янв.21
“Zartepa” mahallasidagi QVP ta’miri deputat nazoratiga olindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida OShP faoliyati o'rganildi
янв.21
Tumandagi infratuzilma loyihalari bilan tanishildi
янв.21
“Qorasuv” mahallasida — mahalla yettiligi bilan hamkorlik va fuqarolar qabuli
янв.21
ICHKI YO‘LLARNI ASFALTLASH ISHLARI NAZORATDA
янв.21
QVP QURILISHI NAZORATDA
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamda Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolaridan iborat ishchi guruh tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

DOIMIY KOMISSIYA YIG'ILISHI

Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

✅Mazkur yig‘ilishda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan qator muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi:

✅ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan, nogironligi bo‘lgan hamda mehnatga layoqatli a’zosi mavjud bo‘lmagan oilalar xonadonlarini ta’mirlash orqali ularning yashash sharoitlarini yaxshilash va energiya samaradorligini oshirish loyihasini moliyalashtirish masalasi ko‘rib chiqildi.

✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qarori ijrosining tumandagi holati tahlil qilinib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralariga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Mahalliy budjetlar barqarorligini ta’minlash, budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish hamda moliyaviy intizomni kuchaytirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

✅ Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan loyihalarni saralash va ularni moliyalashtirish uchun “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘larini oqilona yo‘naltirish masalalari yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

✅“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslarni kengaytirish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

✅ Tumanda hunarmandchilikni rivojlantirish, sohada mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi yuzasidan “Hunarmand” uyushmasi tuman bo‘limi tomonidan hisobot taqdim etildi.

📌 Yig‘ilish davomida barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi hamda ijro intizomini kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.

⚡️ Mazkur yig‘ilish tumanning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, aholining turmush darajasini oshirish va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 8