“Do‘stlik” mahallasida yo‘l qurilishi sifati nazoratda
🛣Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Ch.Alimov tomonidan “Do‘stlik” mahallasida ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari o‘rganildi va nazoratga olindi.
⏺O‘rganish jarayonida yo‘lning asfalt qoplamasi sifati, qalinligi hamda belgilangan texnik talablarga muvofiqligi atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, bajarilayotgan ishlarning amaldagi me’yor va standartlarga mosligi yuzasidan joyida o‘rganish olib borildi.
⏺Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish ishlarini sifatli tashkil etish hamda belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
⚡️Mazkur jarayonning shaffof va sifatli amalga oshirilishi deputat tomonidan doimiy nazoratga olinishi ta’kidlandi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)