Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi yig‘ilishida tumanda ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirish hamda uy-joy qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Kun tartibiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-sonli qarori hamda 2025-yil 27-yanvardagi PF-11-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan Ishtixon tumani Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limining hisoboti eshitildi.
Ma’lum qilinishicha, PQ-48-sonli qarorga asosan tumanda ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash, rekonstruksiya qilish hamda ularga tutash hududlarni obodonlashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Jumladan:
Shuningdek, 2026-yilda mahalliy budjet va boshqaruv servis kompaniyalari mablag‘lari hisobidan qator uy-joylarda ta’mirlash ishlari olib borilishi belgilangan. Jumladan:
Mazkur ishlarga jami 63 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, uning 50 foizi mahalliy budjet, qolgan qismi servis kompaniyalari hisobidan qoplanadi.
Shu bilan birga, PF-11-sonli Farmon ijrosi doirasida tumanda uy-joy qurilishi sohasida ham sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan:
Bundan tashqari, ishlab chiqilgan master-rejaga asosan:
Shuningdek, Qoraqo‘yli MFY hududida 3 ta 120 xonadonli 7 qavatli zamonaviy ko‘p kvartirali uylar qurilishi boshlangan.
Ta’kidlanganidek, tumanda uy-joy qurilishi sohasini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish, fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hamda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Yig‘ilish yakunida mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada jadallashtirish, belgilangan loyihalarni sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda masalani Kengash sessiyasida ko‘rib chiqish belgilandi.