Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya faoliyati
янв.21
Do‘stlik” mahallasida yo‘l qurilishi sifati nazoratda
янв.21
“Zartepa” mahallasidagi QVP ta’miri deputat nazoratiga olindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida OShP faoliyati o'rganildi
янв.21
Tumandagi infratuzilma loyihalari bilan tanishildi
янв.21
“Qorasuv” mahallasida — mahalla yettiligi bilan hamkorlik va fuqarolar qabuli
янв.21
ICHKI YO‘LLARNI ASFALTLASH ISHLARI NAZORATDA
янв.21
QVP QURILISHI NAZORATDA
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamda Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolaridan iborat ishchi guruh tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
UCHRASHUV-MUAMMO VA NATIJA UCHUN HARAKAT

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi kotibiyati mudiri P.Ro‘ziboev tomonidan o‘zi saylangan okrug hududida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida saylovchilar bilan muloqot o‘tkazilib, ularni o‘ylantirib kelayotgan muammoli masalalar tahlil etildi.   

Unga ko‘ra mahalla hududi 60 gektarni tashkil qilishi, shuningdek hududdagi yashash xonadonlarning aksariyati ko‘p qavatli turar joylardan iborat ekanligi hamda shaxobchalar orasidagi masofa uzoqligini inobatga olib, qo‘shimcha ravishda yana 2 ta chiqindi yig‘ish shaxobchasi o‘rnatish yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi. 

Shuningdek, hududda qarovsiz xayvonlarning ko‘payganligini inobatga olib, mazkur xayvonlarni olib chiqib ketish bo‘yicha ham deputat so‘rovi chiqarilib, o‘rganish davomida aniqlangan yana 3 ta masala yuzasidan so‘rov yuborilishi rejalashtirildi. 

 "Bizning maqsadimiz — xalqning dardi bilan yashash va har bir murojaatning ijobiy yechimiga erishishdir. Saylovchilar ishonchi — biz uchun eng oliy mukofot," — deydi deputat P.Ro‘ziboyev.  

Slide 1 of 2