Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya faoliyati
янв.21
Do‘stlik” mahallasida yo‘l qurilishi sifati nazoratda
янв.21
“Zartepa” mahallasidagi QVP ta’miri deputat nazoratiga olindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida OShP faoliyati o'rganildi
янв.21
Tumandagi infratuzilma loyihalari bilan tanishildi
янв.21
“Qorasuv” mahallasida — mahalla yettiligi bilan hamkorlik va fuqarolar qabuli
янв.21
ICHKI YO‘LLARNI ASFALTLASH ISHLARI NAZORATDA
янв.21
QVP QURILISHI NAZORATDA
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamda Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolaridan iborat ishchi guruh tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Xalq bilan muloqot — muammolarga yechim, takliflarga imkon!

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi deputatlarining 2026-yil davomida hokim o‘rinbosarlari bilan hamkorlikda saylangan okruglarda o‘tkazilayotgan uchrashuvlari tasdiqlangan reja-grafik asosida izchil davom etmoqda.

Navbatdagi uchrashuvda Kengash raisi I. Xushmurodova, viloyat Kengashi deputatlari D. Shodmonov, A. Bazarov, F. Eshankulovalar hamda viloyat hokimining o‘rinbosari F. Kushakov ishtirok etib, saylovchilar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borishdi.

Uchrashuv ko‘tarinki ruhda, faol savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. Eng muhimi, fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolar, taklif va tashabbuslarini bevosita mas’ullarga yetkazish imkoniga ega bo‘lishdi.

📌 Amaliy natijalar:

🔺Fuqaro Amirova Luiza tomonidan ish bilan ta’minlash masalasida bildirilgan murojaat shu joyning o‘zida ijobiy hal etilib, u 26-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga ishga joylashtirildi.

🔺 Fuqaro Eshmominov Do‘stbekning IT va huquq yo‘nalishidagi bilim va sertifikatlariga mos ish so‘rab qilgan murojaati ham e’tiborsiz qoldirilmadi. Qamashi tumani 4-saylov okrugi deputati Umarova Sojida tomonidan o‘zi ta’sis etgan o‘quv markaziga ishga qabul qilindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida ko‘plab fuqarolarga:

🔺 kredit olish jarayonlari va hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi

🔺 joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar tezkor tartibda ko‘rib chiqildi

🔺 viloyat darajasida yechim talab etadigan muammolar yuzasidan deputatlik so‘rovlari yuborilishi ta’kidlandi

Bu kabi uchrashuvlar — xalq bilan ochiq muloqot qilish, ularning dardini eshitish va eng muhimi, amaliy yechimlar topishning muhim platformasidir.

Tadbirlarni tashkil etishga mas’ullar:

Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari F.Siddiqov, U.Bozorov

Slide 1 of 9