Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya faoliyati
янв.21
Do‘stlik” mahallasida yo‘l qurilishi sifati nazoratda
янв.21
“Zartepa” mahallasidagi QVP ta’miri deputat nazoratiga olindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida OShP faoliyati o'rganildi
янв.21
Tumandagi infratuzilma loyihalari bilan tanishildi
янв.21
“Qorasuv” mahallasida — mahalla yettiligi bilan hamkorlik va fuqarolar qabuli
янв.21
ICHKI YO‘LLARNI ASFALTLASH ISHLARI NAZORATDA
янв.21
QVP QURILISHI NAZORATDA
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamda Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolaridan iborat ishchi guruh tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Deputat hududlarda

Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputatlari A. Toshova va I. Jumayev hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimlari ishtirokida tumandagi Ibn Sino MFY hududida joylarga chiqilgan holda kompleks o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholi turmush darajasi, infratuzilma obyektlari, xonadonlar holati hamda fuqarolarning murojaat va muammolari bevosita joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Xususan, kam ta’minlangan oilalar, ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar holati, bandlik masalalari va aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi.

Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini raisining PF-209-son Farmon talablari asosida amalga oshirayotgan ishlari, jumladan, aholi muammolarini aniqlash, ularni tizimli hal etish, “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari” bo‘yicha olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Joylarga chiqib o‘rganish jarayonida amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirilib, ularning amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi, samaradorligi hamda natijadorligi baholandi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Mazkur o‘rganish natijalari asosida hududda olib borilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish, aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda ijro intizomini kuchaytirish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Peshku tuman Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 4