Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya faoliyati
янв.21
Do‘stlik” mahallasida yo‘l qurilishi sifati nazoratda
янв.21
“Zartepa” mahallasidagi QVP ta’miri deputat nazoratiga olindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida OShP faoliyati o'rganildi
янв.21
Tumandagi infratuzilma loyihalari bilan tanishildi
янв.21
“Qorasuv” mahallasida — mahalla yettiligi bilan hamkorlik va fuqarolar qabuli
янв.21
ICHKI YO‘LLARNI ASFALTLASH ISHLARI NAZORATDA
янв.21
QVP QURILISHI NAZORATDA
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamda Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolaridan iborat ishchi guruh tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish hamda jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash masalalari doimiy e’tiborda bo‘lib kelmoqda.

Shu maqsadda tuman Kengashi deputati Nazokat Narxadjayeva tomonidan ta’lim sohasi vakillari, tibbiyot hamda mahalla xodimlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashiga ko‘maklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashilib, takliflar ilgari surildi.

Ta’kidlanganidek, xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish – hudud rivojining muhim omillaridan biridir.

Slide 1 of 4