Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya faoliyati
янв.21
Do‘stlik” mahallasida yo‘l qurilishi sifati nazoratda
янв.21
“Zartepa” mahallasidagi QVP ta’miri deputat nazoratiga olindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida OShP faoliyati o'rganildi
янв.21
Tumandagi infratuzilma loyihalari bilan tanishildi
янв.21
“Qorasuv” mahallasida — mahalla yettiligi bilan hamkorlik va fuqarolar qabuli
янв.21
ICHKI YO‘LLARNI ASFALTLASH ISHLARI NAZORATDA
янв.21
QVP QURILISHI NAZORATDA
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamda Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolaridan iborat ishchi guruh tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Talabalar yotoqxonasi holati deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi deputati A. Abdumuratov tomonidan hududida joylashgan Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli Jamoat salomatligi texnikumi talabalari yotoqxonasining holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida yotoqxonaning yashash sharoitlari, sanitariya-gigiyena talablari, isitish tizimi, ichimlik suvi, elektr ta’minoti hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, talabalar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning yashash sharoitlari, mavjud muammolar va takliflari tinglandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yotoqxonada yashash sharoitlarini yaxshilash hamda zarur infratuzilmani mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish yoshlar uchun munosib sharoitlar yaratish, ularning ta’lim olish jarayonini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2