Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududlarni rivojlantirish va aholi muammolarini hal etish — ustuvor vazifa
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi: Yoshlar muammolari va imkoniyatlari muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik nazorati davom etmoqda
янв.21
Deputat so‘rovi asosida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda
янв.21
Tuman sog‘liqni saqlash tizimidagi tekshirish natijalari muhokama etildi
янв.21
Tibbiyot muassasalarida xizmat sifati nazorat tartibida o‘rganildi
янв.21
Xomkon mahallasida deputatlik nazorati doirasida QVP qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Qiziriqda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati A.Xolmo‘minov tomonidan “Kunchiqish” mahallasida sanitariya holatini yaxshilash, xususan, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish masalasi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova tomonidan “Yetimqum” mahallasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Hafatlik ish reja ijrosi

Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi raisi, deputat Xashimova Dilorom Mengliyevna kotibiyat xodimi T.Rajabov bilan birgalikda, o‘z saylov okrugidagi “Yangiobod” mahallasida bo‘lib, mahalla “yettiligi” bilan hududni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuv davomida mahalla aholisining murojaatlari va takliflari birma-bir tinglandi. Ko‘tarilgan har bir muammo deputat tomonidan bevosita o‘rganilib, mahalladagi bolalar stadioni hududida tashkil etilgan "Yashil bog‘"ni boshqa qulayroq joyga ko‘chirish bilan bog‘liq aholi murojaati joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.

Shundan so‘ng, Kengash raisi mahalladagi mavjud sport zali faoliyati va u yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Mashg‘ulotlar jarayonida yosh sportchilar bilan uchrashib, ularning yutuqlari va ehtiyojlari bilan qiziqdi.

Uchrashuv yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 7