Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya faoliyati
янв.21
Do‘stlik” mahallasida yo‘l qurilishi sifati nazoratda
янв.21
“Zartepa” mahallasidagi QVP ta’miri deputat nazoratiga olindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida OShP faoliyati o'rganildi
янв.21
Tumandagi infratuzilma loyihalari bilan tanishildi
янв.21
“Qorasuv” mahallasida — mahalla yettiligi bilan hamkorlik va fuqarolar qabuli
янв.21
ICHKI YO‘LLARNI ASFALTLASH ISHLARI NAZORATDA
янв.21
QVP QURILISHI NAZORATDA
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamda Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolaridan iborat ishchi guruh tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Ichki yo‘laklardagi muammo deputat tomonidan o‘rganildi

Ichki yo‘laklardagi muammo deputat tomonidan o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xasanova Gulshan Zokirovna joriy yilning 18-mart kuni A. Temur ko‘chasi 42-uy hamda G‘alaba shoh ko‘chasi 125-uylar oralig‘idagi o‘tish yo‘lagi va ushbu hududlarning orqa hovlilaridagi yo‘laklarda mavjud holatni o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, mazkur hududlarda yog‘ingarchilik mavsumlarida yomg‘ir suvlari to‘planib qolishi natijasida yo‘laklar ko‘lmakka aylanib, aholining erkin harakatlanishiga noqulayliklar tug‘dirmoqda. Ayniqsa, piyodalar, keksalar va bolalar uchun bu holat qiyinchiliklar keltirib chiqarayotgani qayd etildi.

Shuningdek, yo‘laklarda suvni chiqarib yuborish tizimining yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagani hamda hududning past-balandligi sabab suvning oqib ketmasdan to‘planib qolayotgani kuzatildi. Bu esa nafaqat yurish uchun noqulaylik tug‘diradi, balki sanitariya holatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Deputat tomonidan mas’ul tashkilotlar e’tiboriga mazkur muammoni bartaraf etish, xususan, drenaj tizimini yaxshilash, yo‘laklarni ta’mirlash va hududni obodonlashtirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Mazkur o‘rganish ishlari hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulay sharoit yaratish hamda obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3