Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya faoliyati
янв.21
Do‘stlik” mahallasida yo‘l qurilishi sifati nazoratda
янв.21
“Zartepa” mahallasidagi QVP ta’miri deputat nazoratiga olindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida OShP faoliyati o'rganildi
янв.21
Tumandagi infratuzilma loyihalari bilan tanishildi
янв.21
“Qorasuv” mahallasida — mahalla yettiligi bilan hamkorlik va fuqarolar qabuli
янв.21
ICHKI YO‘LLARNI ASFALTLASH ISHLARI NAZORATDA
янв.21
QVP QURILISHI NAZORATDA
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamda Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolaridan iborat ishchi guruh tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
HUDUDLARDA OʻRGANISHLAR

Tumandagi “Xayrxush” MFYda xotin-qizlar faoli bilan hududda istiqomat qilib kelayotgan I.Sayfullayeva faoliyati ko'rilganda, tadbirkor oʻqituvchilik kasbi bilan cheklanib qolmay, xotin-qizlar tadbirkorligi uchun yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, mahallada non va non mahsulotlari hamda pishiriqlar tayyorlash sexi faoliyatini ham yoʻlga qoʻygan. Bu yerda MFYda yashovchi 6 nafar xotin-qizlarning bandligini taminlangan. Sexda non va pishiriklarning 10 dan ortiq turlari tayyorlanib, buyurtmachilarga yetkazib kelinmoqda. Deputat tumanning “Diyor” MFYda oʻrganishlarida Ziyoda Xudoyberdiyeva xonadonida boʻldi. Tadbirokor 12 gektar yer maydoniga dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanib kelmoqda. Baliqchilik, 2000 ming bosh tovuq, 50 bosh oʻrdak, 30 bosh qoramol boqib oilasining daromadini oshirib kelmoqda. Bugungi kunda unin 1 oylik daromadi 50 mln.ga yetgan. Shuningdek, oʻrganishlarda “Panob” MFYdagi tadbirkor ayollardan Farida Aslonova faoliyati koʻzdan kechirildi, tadbirkor ayol 3 sotixli issiqxonada limon, mandarin kabi sitrus mevalar, turli xil koʻkatlar yetishtirib kelmoqda. F. Aslonova mahalliy oʻgʻit-biogomus ishlab chiqarishni ham yoʻlga qoʻygan. Tomorqachi ayol kelgusida MFY masʼullari koʻmagida gidroponika usulida issiqxona tashkil etish niyatida.Mazkur oʻrganishlarda tomorqasidan samarali foydalanayotgan xotin-qizlarni namunali faoliyatini hududda keng ommalishtirish borasida chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 4