Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya faoliyati
янв.21
Do‘stlik” mahallasida yo‘l qurilishi sifati nazoratda
янв.21
“Zartepa” mahallasidagi QVP ta’miri deputat nazoratiga olindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida OShP faoliyati o'rganildi
янв.21
Tumandagi infratuzilma loyihalari bilan tanishildi
янв.21
“Qorasuv” mahallasida — mahalla yettiligi bilan hamkorlik va fuqarolar qabuli
янв.21
ICHKI YO‘LLARNI ASFALTLASH ISHLARI NAZORATDA
янв.21
QVP QURILISHI NAZORATDA
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamda Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolaridan iborat ishchi guruh tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
#24_ta_masala Shayxlarkent mahallasida kommunal xizmatlar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov hamda deputat M.Raximov tomonidan Sheyxlarkent mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarda aholini issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi. Deputatlar mavjud holat bilan tanishib, ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazdilar.

Suhbat davomida aholining kommunal xizmatlar bilan bog‘liq murojaatlari va takliflari tinglandi. Ayrim mavjud muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga yetkazish va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Ta’kidlanganidek, aholini sifatli kommunal xizmatlar bilan ta’minlash ularning turmush sharoitini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois bu boradagi o‘rganish va nazorat ishlari deputatlar tomonidan davom ettirilishi qayd etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 3