Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi, deputat P.Ro‘ziboyev, shahar Kengashi deputati S.Masharipov hamda viloyat Kengashi deputati N.Gaipovalar hamkorligida Urganch shahri “Mustaqillik” MFY hududida joylashgan 8-son umumta’lim maktabida olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda mavjud kamchiliklar muhokama qilinib, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan yashil energiya hamda energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Mazkur ishlar ta’lim muassasasida zamonaviy va qulay sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.