Deputat “Istara” mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati Q.Igamberdiyeva hududlarni rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalar, shuningdek obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari ijrosini o‘rganish hamda nazorat qilish maqsadida “Istara” mahallasida bo‘ldi.
Tashrif davomida deputat mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, hududlarni tartibga keltirish, ko‘kalamzorlashtirish va aholi uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan tadbirlar bilan yaqindan tanishdi va faol ishtirok etdi. Shuningdek, mahalla faollari bilan suhbatlashib, hududni yanada obod qilish, yashil hududlarni kengaytirish hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)