Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya faoliyati
янв.21
Do‘stlik” mahallasida yo‘l qurilishi sifati nazoratda
янв.21
“Zartepa” mahallasidagi QVP ta’miri deputat nazoratiga olindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida OShP faoliyati o'rganildi
янв.21
Tumandagi infratuzilma loyihalari bilan tanishildi
янв.21
“Qorasuv” mahallasida — mahalla yettiligi bilan hamkorlik va fuqarolar qabuli
янв.21
ICHKI YO‘LLARNI ASFALTLASH ISHLARI NAZORATDA
янв.21
QVP QURILISHI NAZORATDA
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamda Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolaridan iborat ishchi guruh tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Deputat tomonidan “Barkamol avlod” bolalar markazi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi deputati J.Ochilov tomonidan tumandagi “Barkamol avlod” bolalar markazi faoliyati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida markazda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqish va iqtidorlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Ma’lum qilinishicha, markazda bugungi kunda 49 ta to‘garak faoliyat yuritmoqda. Ushbu to‘garaklarga 1600 nafar o‘quvchi jalb qilingan bo‘lib, ular 14 xil yo‘nalish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirib kelmoqda.

O‘rganish davomida to‘garak mashg‘ulotlari jarayoni, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim jarayonining sifati bilan tanishildi. Shuningdek, markaz faoliyatini yanada rivojlantirish, yoshlarning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Slide 1 of 2