Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya faoliyati
янв.21
Do‘stlik” mahallasida yo‘l qurilishi sifati nazoratda
янв.21
“Zartepa” mahallasidagi QVP ta’miri deputat nazoratiga olindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida OShP faoliyati o'rganildi
янв.21
Tumandagi infratuzilma loyihalari bilan tanishildi
янв.21
“Qorasuv” mahallasida — mahalla yettiligi bilan hamkorlik va fuqarolar qabuli
янв.21
ICHKI YO‘LLARNI ASFALTLASH ISHLARI NAZORATDA
янв.21
QVP QURILISHI NAZORATDA
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamda Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolaridan iborat ishchi guruh tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Pastdarg‘om tumani “Boldir” MFYda deputatning mahalla aholisi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi deputati O'.Shukurov uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bir qator muammolar va takliflar bildirildi. Jumladan, ayrim xonadonlarga maishiy gaz ballonlari o‘z vaqtida yetkazib berilmayotgani, ba’zi holatlarda esa yetkazib berish muddati 70 kungacha cho‘zilib ketayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, gaz balloni kelgan vaqtda uy egasi uyda bo‘lmagani sababli uni almashtira olmay, sarson bo‘lib yurgan fuqarolar ham o‘z murojaatlarini bildirishdi.

Bundan tashqari, mahalla hududida joylashgan 6-maktab filiali binosi ta’mirtalab holatga kelib qolgani, o‘quvchilar foydalanayotgan stol va stullar eskirib ketgani haqida ham aholi tomonidan murojaatlar bildirildi.

Deputat tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar chiqarilishi, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlab o‘tildi.

Slide 1 of 1