Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya faoliyati
янв.21
Do‘stlik” mahallasida yo‘l qurilishi sifati nazoratda
янв.21
“Zartepa” mahallasidagi QVP ta’miri deputat nazoratiga olindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida OShP faoliyati o'rganildi
янв.21
Tumandagi infratuzilma loyihalari bilan tanishildi
янв.21
“Qorasuv” mahallasida — mahalla yettiligi bilan hamkorlik va fuqarolar qabuli
янв.21
ICHKI YO‘LLARNI ASFALTLASH ISHLARI NAZORATDA
янв.21
QVP QURILISHI NAZORATDA
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamda Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolaridan iborat ishchi guruh tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
766-sonli Qonun targ‘iboti Imоm ota mahallasida o‘tkazildi

Imоm ota mahallasida “Organik mahsulotlar to‘g‘risida”gi 766-sonli Qonun mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida fuqarolarga mazkur qonunning asosiy maqsadi, organik mahsulotlarning afzalliklari hamda ularni yetishtirish va realizatsiya qilish tartiblari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, organik mahsulotlar inson salomatligi va atrof-muhit uchun xavfsiz ekani, ularni ishlab chiqarishda kimyoviy o‘g‘it va zararli moddalar qo‘llanilmasligi alohida ta’kidlandi. Qonun talablari asosida ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ham tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.

Aholi o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda bunday tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3