Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tadbirkor ayollar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashideputati B.Mo‘minov hamda Kengash kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev"Karmaki"mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishib, faol ishtirok etdilar.
янв.21
Deputatlar tomonidan hududdagi qurilish va ta’lim muassasalari faoliyati nazorat-tahlil qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati D.Xoliqova “Qorsuv” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Hududlarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosini samarali nazorat qilish yuzasidan manzilli o‘rganish olib borildi
янв.21
Deputat “Bog‘iston” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi
янв.21
Deputat “Istara” mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha muvaqqat komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
#nazorat #o'rganish

Bolajonlarning munosib sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishi — doimiy e’tiborimizda. Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Zuhra Pulatova o‘z saylov okrugi hududida joylashgan 12-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti (MTT) faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida asosan quyidagi masalalarga urg‘u berildi:

🔥 Issiqlik tizimi: Qishki mavsumda guruh xonalaridagi harorat darajasi, isitish tizimining barqaror ishlashi va energiya tejamkorligi holati ko‘zdan kechirildi.

😀 Sifatli ovqatlantirish: Bolajonlarga berilayotgan taomlarning sifati, taomnomaning tasdiqlangan me’yorlarga mosligi va oshxona blokidagi sanitariya holati ko‘rildi.

😀 Ta’lim jarayoni: Mashg‘ulot xonalarining jihozlanishi, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan metodik sharoitlar va guruhlardagi davomat o‘rganildi.

Suhbat davomida tashkilot ma’muriyati va tarbiyachilarning muammolari tinglandi. Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlarini yuborish va nazoratga olish belgilandi.

Farzandlarimiz salomatligi va tarbiyasi — kelajagimiz poydevoridir!

Slide 1 of 6