Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya faoliyati
янв.21
Do‘stlik” mahallasida yo‘l qurilishi sifati nazoratda
янв.21
“Zartepa” mahallasidagi QVP ta’miri deputat nazoratiga olindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida OShP faoliyati o'rganildi
янв.21
Tumandagi infratuzilma loyihalari bilan tanishildi
янв.21
“Qorasuv” mahallasida — mahalla yettiligi bilan hamkorlik va fuqarolar qabuli
янв.21
ICHKI YO‘LLARNI ASFALTLASH ISHLARI NAZORATDA
янв.21
QVP QURILISHI NAZORATDA
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamda Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolaridan iborat ishchi guruh tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Davlatimiz rahbarining PQ-454-sonli qaroriga muvofiq Boyovut tumani A. Navoiy mahallasida joylashgan 6-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi. Umumiy qiymati 3 milliard 600 million so‘m bo‘lgan loyiha doirasida barpo etilgan muassasada bolajonlar uchun keng va yorug‘ xonalar, zamonaviy o‘quv hamda o‘yin jihozlari bilan ta’minlangan qulay shart-sharoitlar yaratildi.

Mazkur muassasada 35 nafar xodim doimiy ish o‘rni bilan ta’minlanib, kelajak avlodga sifatli ta’lim-tarbiya berish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotini ta’mirlash va yangidan barpo etish ishlarini davlat dasturiga kiritishda tuman Kengashi deputati Karomat Karimovaning tashabbusi va sa’y-harakatlari muhim o‘rin tutdi. Shuningdek, qurilish-ta’mirlash jarayonlari davomida deputat tomonidan muntazam deputatlik nazorati o‘rnatilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovlari yuborilib, ishlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 9