Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga “Navro‘z” saylov okrugidan saylangan deputat K. Umirov bugun “Navro‘z” mahallasida bo‘lib, hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida joyiga chiqdi.
янв.21
"Zartepa" mahallasida ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rganish olib borildi
янв.21
Kollektor tarmoqlarini ta’mirlash ishlari nazoratda
янв.21
Tumanda tomorqalardan samarali foydalanish masalalari deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
36-umumta’lim maktabida ta’mirlash ishlari deputatlar ishtirokida ko‘zdan kechirildi
янв.21
"Qorasuv" mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv
янв.21
“Shodlik” mahallasida deputatlar bilan ochiq muloqot va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash
янв.21
Deputatlar va mahalla yettiligi: hamkorlikda taraqqiyot yo‘lida
янв.21
“Shodlik” mahallasida jamoat xavfsizligi va jinoyatchilikka qarshi kurash holati o‘rganildi
AHOLIGA BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 15-Beshkappa saylov okrugidan saylangan deputati, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda 1-Qoraqalpoq saylov okrugidan saylangan deputat Yergashboev Baxtiyor Rustamovichlar Parkent tumanining “Guliston” MFY hududida joylashgan 42-oilaviy poliklinikaga tashrif buyurdi. Tashrif davomida deputat aholiga bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati va o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Bunda poliklinika mudiri aholiga bepul yetkazib beriladigan dori vositalarini qabul qilish, saqlash va tarqatish tartibi, dorilar va tibbiy buyumlarga ehtiyoj qanday aniqlanishi hamda bu jarayonlarga kimlar mas'ul bo‘lishi haqida ma'lumotlarberdi. Deputatlar poliklinika hamshiralari bilan samimiy muloqotda bo‘lib ularning muammolari, taklif va ehtiyojlari tinglandi. Joylarda aholining sog‘lig‘ini asrash va dori vositalaridan to‘liq foydalanish imkoniyatlarini yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 9