36-umumta’lim maktabida ta’mirlash ishlari deputatlar ishtirokida ko‘zdan kechirildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputatlari J. Xudoyqulova, N.Alimov hamda J.Donayevlar tumandagi “Shodlik” mahallasida joylashgan 36-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish jarayonida maktab binosining umumiy holati, sinfxonalar, yo‘laklar, tom qismi, muhandislik tarmoqlari hamda o‘quvchilarga yaratilayotgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Ta’mirlash ishlarining belgilangan loyiha va sifat talablariga muvofiq olib borilayotgani, xavfsizlik qoidalariga amal qilinishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Deputatlar tomonidan ta’mirlash ishlarining sifatini oshirish, ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash, o‘quv jarayoniga halaqit bermaslik, shuningdek ta’lim muassasasida qulay va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, mas’ul mutasaddilar bilan suhbatlashilib, ta’mirlash ishlari yakunlangach maktabda o‘quvchilarning ta’lim olishi uchun yanada qulay sharoitlar yaratilishi hamda ta’lim sifati oshishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)