Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga “Navro‘z” saylov okrugidan saylangan deputat K. Umirov bugun “Navro‘z” mahallasida bo‘lib, hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida joyiga chiqdi.
янв.21
"Zartepa" mahallasida ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rganish olib borildi
янв.21
Kollektor tarmoqlarini ta’mirlash ishlari nazoratda
янв.21
Tumanda tomorqalardan samarali foydalanish masalalari deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
36-umumta’lim maktabida ta’mirlash ishlari deputatlar ishtirokida ko‘zdan kechirildi
янв.21
"Qorasuv" mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv
янв.21
“Shodlik” mahallasida deputatlar bilan ochiq muloqot va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash
янв.21
Deputatlar va mahalla yettiligi: hamkorlikda taraqqiyot yo‘lida
янв.21
“Shodlik” mahallasida jamoat xavfsizligi va jinoyatchilikka qarshi kurash holati o‘rganildi
Deputat mahallada

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati A.J. Bekjanov mahalladagi madaniyat muassasalar va kutubxonalarning moddiy-texnik bazasini o‘rganish maqsadida “Shayxlar” MFY hududidagi 9-son maktab kutubxonasida tuman Kengashi xodimlari hamda mahalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan hamkorlikda o‘rganish o‘tkazdi.

Maktab kutubxonasida jami 10 200 dona kitob fondi mavjud bo‘lib, shundan 1 326 donasi badiiy adabiyotdir. Hozirgi kunda kutubxona 425 nafar abonentga xizmat ko‘rsatmoqda.

Kutubxona mudirasi Laylo Bakiyevaning ma’lum qilishicha, abonentlarning ma’lum qismini maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilaridan tashqari mahalliy aholi vakillari tashkil etayotgani quvonarli holatdir.

O‘rganish jarayonida maktab jamoasini qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan tuman Kengashi deputati A.J. Bekjanov bilan mazmunli va ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Slide 1 of 3