Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Buyuk kelajak” mahallasida aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi hamkorligi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova tumandagi “Bog‘bonlar yurti” mahallasida bo‘lib, mahalla hokim yordamchisi hamda yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Davlat xizmatlari markazida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash holatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati S.Abdishukurov tumandagi “Bog‘bonlar yurti” mahallasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.
янв.21
Hududlarni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi deputatlar e’tiborida
янв.21
"Qorasuv" mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati Q.Igamberdiyeva tumandagi “Istara” mahallasida mahalla aholisi, nuroniylar hamda faollar tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari bilan joyida tanishdi hamda ushbu jarayonlarda bevosita qatnashdi.
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining XIX sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishini xalq deputatlari tuman Kengashi raisi M.To‘ychiyeva olib bordi.

Dastlab O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Bo‘ston tumani bo‘limi boshlig‘i E.Mo‘minovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi PF-209-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan hisoboti tinglandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 fevraldagi PQ-48 va PQ-49-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha 2026 yil davomida amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosarlari tomonidan ishlab chiqilgan maqsadli reja va loyihalar ko‘rib chiqildi.

Sessiya davomida sog‘likni saqlash, iqtisodiyot va moliya sohalariga oid boshqa dolzarb masalalar ham atroflicha muhokama qilindi.

Umuman olganda, navbatdagi sessiya ishida jami 10 ta masala ko‘rib chiqilib, har biri bo‘yicha deputatlarning munosabatlaridan kelib chiqqan holda aniq qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 18