Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan bepul tibbiy yordam koʻrsatish va dori vositalari roʻyxati shakllantirilgan va quyidagi kasalliklar boʻyicha, jumladan;
- yurak qon tomir kasalliklari;
- qandli diabet;
- bronxial astma;
- onalar va bolalar salomatligi;
- yuqumli kasalliklar;
- shoshilinch tez tibbiy yordam uchun davlatimiz tomonidan dori darmonlar beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-iyundagi 282-son qarori bilan birlamchi tibbiy sanitariya muassasalarida 68 hil dori vositalari va tibbiy buyumlari bilan taminlash koʻzda tutilgan.
Bugungi kunda 13-sonli oilaviy poliklinikada 26 hil dori vositalari, 16 hil tibbiy buyumlar mavjud va qolgan 28 hil dorini (rembursatsiya) bemorlar dorixonalarda olmoqda.
Xalq deputatlari Sirdaryo tuman Kengashi kotibyati