Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kollektor tarmoqlarini ta’mirlash ishlari nazoratda
янв.21
Tumanda tomorqalardan samarali foydalanish masalalari deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
36-umumta’lim maktabida ta’mirlash ishlari deputatlar ishtirokida ko‘zdan kechirildi
янв.21
"Qorasuv" mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv
янв.21
“Shodlik” mahallasida deputatlar bilan ochiq muloqot va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash
янв.21
Deputatlar va mahalla yettiligi: hamkorlikda taraqqiyot yo‘lida
янв.21
“Shodlik” mahallasida jamoat xavfsizligi va jinoyatchilikka qarshi kurash holati o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi va obodonlashtirish ishlari joyida o‘rganildi
янв.21
“Deputat nazoratida obodonlashtirish va ijtimoiy loyihalar”
янв.21
Mahalladagi o‘zgarishlar joyida o‘rganildi
G‘o‘lba agrofirmasida seminar o‘tkazildi

G‘o‘lba agrofirmasiga qarashli "Bekat" fermer xo‘jaligida agrar sohani yanada rivojlantirish, mavjud yer maydonlaridan samarali va oqilona foydalanish, zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Behzod Raxmatullayev, "Bekat" fermer xo‘jaligi raisi tuman kengashi deputati Farxod Sattorovich, soha mutaxassislari, fermerlar va qishloq xo‘jaligi xodimlari ishtirok etib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.

Seminar davomida mutaxassislar ilg‘or tajribalar asosida intensiv bog‘dorchilikni rivojlantirish, yuqori hosildor navlarni tanlash va ularni parvarishlashning zamonaviy usullari haqida atroflicha ma’lumot berdilar. Seminar yakunida Ayniqsa, suv resurslaridan tejab-tergab foydalanish, tomchilatib sug‘orish tizimlarini joriy etish hamda mineral o‘g‘itlarni ilmiy asosda qo‘llash orqali hosildorlikni oshirish mumkinligi ta’kidladilar

Slide 1 of 4