Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati D.Xoliqova “Qorsuv” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Hududlarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosini samarali nazorat qilish yuzasidan manzilli o‘rganish olib borildi
янв.21
Deputat “Bog‘iston” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi
янв.21
Deputat “Istara” mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha muvaqqat komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat “Yangi hayot” mahallasidagi ijtimoiy obyektlar faoliyati bilan tanishdi
янв.21
PQ-454-sonli qaror ijrosi: 22-sonli maktabdagi mukammal ta’mirlash ishlari o‘rganildi
Deputatlar tomonidan 2025 yil Investisiya davlat dasturi doirasida qurilgan ijtimoiy soha ob’yektlarini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi deputati B. Sadikova tomonidan 2025-yil davlat dasturi asosida qurilgan 38-maktabning 300 o‘rinli qo‘shimcha binosi o'rganildi. O‘rganish jarayonida binodagi shart-sharoitlar, o‘quv xonalarining jihozlanishi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari holati, obodonlashtirish ishlarida bir qator kamchiliklar aniqlandi. Xususan, ayrim qurilish ishlari sifat darajasi talabga to‘liq javob bermasligi, texnik nosozliklar mavjudligi va hududni obodonlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish zarurligi qayd etildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan tuman hokimiyati qurilish bo‘limi mas’ullariga deputatlik so‘rovi yuborildi. Kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, binoning to‘liq va sifatli faoliyat yuritishini ta’minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilash talab etildi.

Slide 1 of 3