Murojaat amaliy natija bilan!
Kecha bo‘lib o‘tgan qabulda Qo‘chqorchi MFY hududida, masjid yonidan o‘tgan suv quvurlari teshilib, uzoq vaqt davomida nosoz holda yotgani yuzasidan hudud deputati nomiga murojaat kelib tushdi.
Murojaat asosida deputat tomonidan masala joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zudlik bilan tegishli chora-tadbirlar ko‘rildi.
Natijada suv quvurlaridagi nosozlik bartaraf etildi va aholini qiynab kelayotgan muammo ijobiy hal qilindi.
Qisqa muddatda amaliy yechim topilgan mazkur masala aholi uchun yana bir qulaylik yaratdi.
Aholi manfaati doimiy e’tiborda!