Saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi
🗳Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputatlari Ch.Alimov hamda N.Alimovlar tumandagi “Do‘stlik” mahallasida joylashgan 1-maktab binosida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni tashkil etishdi.
📋 Uchrashuv davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalladagi mavjud muammolarni bartaraf etish hamda aholi turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.
🗣 Saylovchilar tomonidan yo‘l infratuzilmasi, kommunal xizmatlar sifati, yoshlar bandligi va ijtimoiy soha bilan bog‘liq taklif hamda murojaatlar bildirildi. Deputatlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi hamda deputatlik so'rovlari chiqarilishi ta’kidlandi.
🤝Uchrashuv ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tib, aholining taklif va tashabbuslari alohida e’tiborga olindi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)