Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar tomonidan Do‘stlik” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qarori ijrosi doirasida “Yangi turmush” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati joyida o‘rganildi
янв.21
“Kunchiqish” mahallasida yashil hududlar va issiqxonalar rivoji bilan tanishuv
янв.21
Deputatlar mahalladagi taraqqiyot va ijtimoiy o‘zgarishlar bilan tanishdi
янв.21
“Bog‘iston” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaatlari asosida “Istiqlol” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Mahalla muammolari joyida tinglandi
янв.21
Prezident qarori ijrosi doirasida “Kunchiqish” mahallasidagi loyihalar joyida o‘rganildi
янв.21
Deputatlar tomonidan “Istara” mahallasida chorvachilik loyihasi ijrosi joyida o‘rganildi
янв.21
"Zarbdor" mahallasida mahalla yettiligi faoliyati joyida o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

🏛 DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 22-Bo‘ston saylov okrugidan saylangan deputati A. To‘xtashov tomonidan “Oyinli” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 40-sonli umumta’lim maktabida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

Nazorat jarayonida maktabning sport zali, undagi sport anjomlari hamda ularning texnik holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, sport jihozlarining o‘quvchilar uchun xavfsiz va samarali foydalanish talablariga javob berishi o‘rganildi.

Bundan tashqari, maktab kutubxonasi faoliyati, kitob fondining holati, darslik va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi hamda o‘quvchilarning kutubxonadan unumli foydalanish imkoniyatlari tahlil qilindi.

O‘rganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash va o‘quvchilarga qulay ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha tegishli mas’ullarga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.