Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Prezident qarori ijrosi doirasida “Kunchiqish” mahallasidagi loyihalar joyida o‘rganildi
янв.21
Deputatlar tomonidan “Istara” mahallasida chorvachilik loyihasi ijrosi joyida o‘rganildi
янв.21
"Zarbdor" mahallasida mahalla yettiligi faoliyati joyida o‘rganildi
янв.21
Senat Kengashi qaror ijrosi yuzasidan “Oqjar” mahallasida nazorat o‘rganishlari o‘tkazildi
янв.21
Hududlarni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi deputatlar e’tiborida
янв.21
“Zarobod” mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlardagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati va ta’lim muassasasi holati o‘rganildi
янв.21
“Karmaki” mahallasida tadbirkorlik va yoshlar bandligi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Murojaat joyida o‘rganildi – amaliy yondashuv ustuvor
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatining salohiyati va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-386-sonli qarori ijrosi deputatlar nazoratida
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Sh.Shokirovning navbatdagi ochiq muloqoti Boshchorbogʻ mahallasida boʻlib oʻtdi

Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov Boshchorbogʻ mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va turmush farovonligini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan murojaat qildi. Uchrashuvda mahalla faollari, nuroniylar, soha mutaxassislari ishtirok etib, hudud istiqboliga oid masalalar keng muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, Boshchorbogʻ mahallasi asosan olmachilikka ixtisoslashgan hududlardan biri sanaladi. Shu bois tuman hokimi ushbu yo‘nalishni yanada kengaytirish, zamonaviy intensiv bog‘lar barpo etish hamda yetishtirilayotgan hosilni sifatli saqlash imkonini beradigan muzlatkichli omborlar qurish tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash zarurligini qayd etdi. Bu nafaqat hosilning nobud bo‘lishini kamaytiradi, balki mahsulotni yil davomida bozorga chiqarish orqali daromadni ko‘paytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Yoshlar masalasiga ham alohida e’tibor qaratilib, bolalarni chet tillariga o‘qitish bugungi kunning muhim talabi ekani, buning uchun mahallada zarur sharoitlar yaratish lozimligi aytib o‘tildi. Kelajakda farzandlarning bilimli, raqobatbardosh bo‘lib voyaga yetishi hudud taraqqiyoti uchun muhim omil ekani ta’kidlandi.

Muloqot davomida mahallada kambag‘allikni kamaytirish borasida fuqarolarning o‘zi ham faol bo‘lishi zarurligi qayd etildi. Tomorqa yerlaridan unumli foydalanish, bog‘dorchilikni kengaytirish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali daromadlarni oshirish mumkinligi tushuntirildi. Shuningdek, 12 foizlik imtiyozli kreditlar uchun ham katta mablag‘lar yo‘naltirilgani, bu imkoniyatlardan bog‘dorchilik, qayta ishlash, xizmat ko‘rsatish va boshqa yo‘nalishlarda keng foydalanish mumkinligi aytib o‘tildi.

Boshchorbogʻ mahallasida infratuzilmani yaxshilash uchun ham 3 milliard so‘m mablag‘ ajratilgani ma’lum qilindi. Jumladan, mahalliy va ichki yo‘llarning 4,2 kilometrlik qismini ta’mirlash uchun 2 milliard 500 million so‘m yo‘naltiriladi. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 3,1 kilometr havo elektr uzatish liniyasini yangilash hamda eski simyog‘ochlarni almashtirish uchun 340 million so‘m ajratiladi. Shuningdek, mahalla markazidagi xizmat ko‘rsatish maskanini rekonstruksiya qilish va zamonaviy jihozlash uchun 160 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

Uchrashuv yakunida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha masalalar tegishli mutasaddilarga biriktirildi. Mahalla aholisi amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va yaratilayotgan imkoniyatlardan mamnun ekanliklarini bildirib, yurtboshimiz boshchiligidagi rahbarlarga minnatdorchilik izhor etdilar. Ular yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi bardavom bo‘lishini tilab, mahallada hamjihatlikda mehnat qilib, obodonlashtirish va tomorqalardan unumli foydalanishga tayyor ekanliklarini ta’kidlashdi.

Slide 1 of 9