Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati Q. Igamberdiyeva “Istara” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
"Zarabod" mahallasida deputat va saylovchilar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahallada soliqchi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatning saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
"Takiya" mahallasining infratuzilmasi, sport va sog‘liqni saqlash holati o‘rganildi
янв.21
"Kunchiqish" mahallasida ijtimoiy xizmatlar va 41-QOP faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qiziriq tumani Tibbiyot birlashmasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi holati o‘rganildi
Mahalla faoliyati deputat e’tiborida

Mahalla faoliyati deputat e’tiborida

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Gulsevar To‘rayeva hamda tuman Kengashi kotibiyati jamoasi hamkorlikda Istiqlol mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, «mahalla yettiligi» a’zolarining faoliyatini o‘rgandi.

Tashrif davomida mahallada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, aholi bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin -qizlar bilan ishlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar, huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi murojaatlari bilan ishlash holati ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

Mahalla tizimida olib borilayotgan ishlar aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilishi alohida qayd etildi.