Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Karmaki” mahallasida tadbirkorlik va yoshlar bandligi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Murojaat joyida o‘rganildi – amaliy yondashuv ustuvor
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatining salohiyati va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-386-sonli qarori ijrosi deputatlar nazoratida
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv - dolzarb masalalar muhokamasi
янв.21
Navbatdagi qabulda murojaatlar ijrosi nazoratga olindi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati Xolmo‘minov Abdivali Abdikarimovich 2026-yil birinchi yarim yilligi uchun tasdiqlangan uchrashuvlar jadvaliga muvofiq Kunchiqish mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi hamda “Madad” nodavlat-notijorat tashkilotining tumandagi vakili o‘rtasida o‘zaro hamkorligini memorandum imzolash orqali kuchaytirishga kelishildi.
янв.21
Tibbiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati Q. Igamberdiyeva “Istara” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi.
Aholi salomatligi e’tiborda

Ulug‘nor tumani Cho‘lobod mahalla fuqarolar yig‘inida aholining salomatligini mustahkamlashga qaratilgan bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Ushbu tadbirda turli yoshdagi fuqarolar faol ishtirok etib, malakali shifokorlar ko‘rigidan o‘tish imkoniga ega bo‘ldilar.

Tibbiy ko‘rikni tashkil etish va aholining unda faol qatnashishini ta’minlashda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Nishonov Nodirbek Rustamovich faol tashabbus ko‘rsatdi. Deputat tomonidan yurtimizda tibbiyot sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, aholiga yaratilayotgan qulayliklar va bepul tibbiy xizmatlarning ahamiyati haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Mazkur tadbir sog‘liqni saqlash tizimini aholiga yanada yaqinlashtirish, fuqarolarning tibbiy madaniyatini oshirish hamda davlatimiz rahbarining inson salomatligini ustuvor vazifa sifatida belgilagan siyosatini amaldagi ifodasi bo‘ldi. 

Slide 1 of 5