Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yangi hayot” mahallasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi
янв.21
“Gilambob” mahallasida aholi murojaatlari va mahalla faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Xalqobod” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat hududdagi ishlar bilan tanishdi va fuqarolar murojaatlarini tingladi
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN MAHALLADAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiya issh rejasiga muvofiq yer resurslaridan samarali foydalanish masalalari o‘rganildi
янв.21
ZAROBOD MAHALLASIDA AMALIY ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“YANGI TURMUSH” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
ZAROBOD MAHALLASIDA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
"MAHALLA YETTILIGI" FAOLIYATI O‘RGANILDI
Mahalliy byudjet va iqtisodiy masalalar doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi huzuridagi mahalliy byudjet va iqtisodiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, Pastdarg‘om tuman soliq inspeksiyasi boshligining hisoboti tinglandi. Unda tuman mahalliy byudjeti daromadlarining shakllanishi, belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi, qo‘shimcha manbalarni aniqlash masalalari yuzasidan axborot berildi.

Shuningdek, yig‘ilishda tashabbusli byudjetlashtirish natijalari bo‘yicha hisobot eshitildi. Unda fuqarolar tashabbusi jamg‘armasiga yo‘naltirilgan mablag‘lar, ularning ijrosi hamda mablag‘larni o‘zlashtirish holati yuzasidan atroflicha ma’lumot taqdim etildi.

Yig‘ilish yakunida tegishli tashkilotlar rahbarlariga aniq vazifalar yuklatilib, bildirilgan taklif va xulosalarni navbatdagi Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 3