Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati D.Xoliqova “Qorsuv” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Hududlarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosini samarali nazorat qilish yuzasidan manzilli o‘rganish olib borildi
янв.21
Deputat “Bog‘iston” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi
янв.21
Deputat “Istara” mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha muvaqqat komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat “Yangi hayot” mahallasidagi ijtimoiy obyektlar faoliyati bilan tanishdi
янв.21
PQ-454-sonli qaror ijrosi: 22-sonli maktabdagi mukammal ta’mirlash ishlari o‘rganildi
Maktabda Prezident murojaatnomasi asosida targ`ibot uchrashuvi o`tkazildi

 Prezidentimiz murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalarni aholi, ayniqsa yoshlar orasida keng targ`ib etish maqsadida xalq deputatlari Jalakuduk tuman Kengashi deputati M. Sharipova tomonidan
11-sonli umumta`lim maktabida targ`ibot tadbiri o`tkazildi. Tadbir davomida Prezident murojaatnomasida ta`lim tizimini rivojlantirish, yoshlar tarbiyasi, ilm-fan va ma`naviyatni yuksaltirish, qonun ustuvorligini ta`minlash kabi muhim yo`nalishlarga alohida e`tibor qaratildi. Deputat M. Sharipova ushbu vazifalarning mazmun-mohiyatini o`qituvchi va Toshxovuz MFY faollariga tushuntirib, ularni faol, tashabbuskor va
vatanparvar bo`lishga chorladi.
Shuningdek, tadbirda ta`lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda yoshlar uchun berilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar.  

Slide 1 of 4