Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
PQ-454-sonli qaror ijrosi: 22-sonli maktabdagi mukammal ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Buyuk kelajak” mahallasida aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi hamkorligi
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova tumandagi “Bog‘bonlar yurti” mahallasida bo‘lib, mahalla hokim yordamchisi hamda yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Davlat xizmatlari markazida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash holatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati S.Abdishukurov tumandagi “Bog‘bonlar yurti” mahallasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.
янв.21
Hududlarni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi deputatlar e’tiborida
янв.21
"Qorasuv" mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi
Mirobod tumanida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” doirasida oilaviy ajrimlarning oldini olish bo‘yicha muhokama o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1 sonli qarori ijrosini ta’minlash va “Xavfsiz oila” umumxalq targ‘ibot-tashviqot tadbirlari doirasida Mirobod tumanlararo sudi qoshidagi mediatsiya xonasida tuman Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi tomonidan ajrim xavfi ostida bo‘lgan yettita oilaning taqdiri muhokama qilindi.

Uchrashuvda Mirobod tumani hokimi o‘rinbosari F.Madaminova, fuqarolik ishlari bo'yicha sud raisi B.Sagatov, sudyalar N.Abdusalamova, D.Opayeva, xalq deputatlari Mirobod tuman Kengash deputatlari G.Kulmatova, A.Karimov, tuman tibbiyot birlashmasi xodimi A.Shirinova shuningdek, tumanning otinoyisi M.Mirzajonova, tuman IIOFMB katta inspektorlari G.Gulyamova ishtirok etdilar.

Slide 1 of 4