MUSTAQILLIK — BUNYODKORLIK VA YANGILANISHLAR TIMSOLI
📌 “35 yil — tarix uchun juda qisqa davr. Lekin ortda qolayotgan yillar o‘zining ko‘lami, yutuq va natijalari bilan asrga tatigulik davr bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi”, — dedi Prezidentimiz.
📌 Ushbu o‘zgarishlarning haqiqiy muallifi mehnatkash va olijanob xalqimiz ekani alohida ta’kidlandi.
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, avvalo, aholining turmush sharoitini yaxshilash, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish hamda inson uchun qulay muhit yaratishga qaratilmoqda.
🏗 Olmazor tumanidagi Gulsaroy ko‘chasida olib borilayotgan kapital ta’mirlash ishlari ham ana shunday bunyodkorlik ishlarining amaliy ifodasidir.
📍 Mazkur loyihaning asosiy maqsadi nafaqat yo‘l qoplamasini yangilash, balki haydovchilar, piyodalar va mahalla aholisi uchun yo‘l-transport hamda atrofdagi infratuzilmani kompleks ravishda yaxshilashdan iborat.
🔹 Yo‘l va piyodalar infratuzilmasi:
Gulsaroy ko‘chasida 18 000 m² asfalt-beton qoplamasi yotqizilmoqda. Piyodalar uchun esa 1 400 m² trotuar barpo etilmoqda.
🔹 Yoritish va yo‘l harakati xavfsizligi:
Avtomobil yo‘li bo‘ylab 46 ta, piyodalar hududi uchun esa 36 ta yoritish tayanchi o‘rnatilmoqda. Shuningdek, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 6 ta svetofor obyekti hamda zarur yo‘l belgilari o‘rnatilmoqda.
🔹 Obodonlashtirish va yashil hududlar:
Yashil hududlar atrofiga 1 500 metr panjara va 1 500 metr sug‘orish tizimi tortilmoqda. Hududga 280 tup manzarali daraxt va butalar ekilmoqda.
🔹 Aholi uchun qulayliklar:
Aholining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi va hordiq chiqarishi uchun 25 ta zamonaviy o‘rindiq o‘rnatilmoqda.
💎 Bunday bunyodkorlik ishlari natijasida Gulsaroy ko‘chasining nafaqat tashqi qiyofasi, balki yo‘l harakati xavfsizligi, piyodalar uchun qulayligi va ekologik muhiti ham tubdan yaxshilanmoqda.
✅ Eng muhimi, har bir bunyodkorlik ishi zamirida inson qadri, xalq farovonligi va munosib turmush sharoitlarini yaratish kabi ezgu maqsadlar mujassam.
🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi arafasida Gulsaroy ko‘chasida amalga oshirilayotgan ushbu yangilanishlar yurtimizda izchil davom etayotgan bunyodkorlik va taraqqiyot jarayonlarining yana bir amaliy namunasidir.
✍️ Dilorom Axmedova
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati