36-ixtisoslashtirilgan maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O. Tilavov tomonidan 36-ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavjud kamchiliklar o‘rganildi.
O‘qituvchilar bilan ochiq muloqot qilinib, ularning taklif va muammolari tinglandi. Aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.