35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabdagi chiqindilarni olib ketish holati o‘rganildi
янв.21
PLENUMDA FAOLIYAT SAMARADORLIGI TAHLIL QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 14-Tavois saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati F. G‘oziyeva tomonidan saylov okrugida joylashgan oilaviy poliklinikada aholini bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Sh. Ochilov tomonidan Tojikon mahallasida aholini qiynab kelayotgan muammolar o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan muhokama o‘tkazildi.
янв.21
36-ixtisoslashtirilgan maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
33-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh. Ochilov hamda Nuroniylar jamg‘armasi tuman bo‘limi boshlig‘i T. Qodirov bilan birgalikda Tojikon mahallasida nuroniy otaxon va onaxonlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Yoshlar bilan kiberxavfsizlik bo‘yicha suhbat o‘tkazildi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar hal etildi
#deputat_nazorati #biriktirilgan_tashkilot #qonun_ijrosi #kotibiyat_mudiri

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Marg‘ilon shahrida deputatlik nazorati tadbirlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, 21-B. Marg‘iloniy saylov okrugi deputati R.Alijonova hamda deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova tomonidan deputatga biriktirilgan tashkilot — 2-Bolalar va o‘smirlar sport maktabida olib borildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 24-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘RQ–1123-son Qonuni ijrosining ta’minlanishi, yoshlarni sportga jalb etish, mashg‘ulotlar samaradorligi hamda sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar tahlil qilindi.

Mazkur qonun jismoniy tarbiya va sport sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, aholining jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va sportni rivojlantirishga qaratilgan muhim huquqiy asoslardan biridir.

Sport maktabi direktori K.Akbarovning ma’lumotlariga ko‘ra, muassasada 21 ta sport turi bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etilgan. Tizimda jami 80 nafar xodim, shundan 39 nafar trener faoliyat yuritmoqda. Trenerlarning 27 nafari oliy, 14 nafari o‘rta maxsus ma’lumotga ega.

Ayni paytda sport maktabida 1 366 nafar yosh muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanmoqda. Ularning 335 nafari qizlar ekani yoshlar, xususan qizlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish borasida ham muayyan ishlar olib borilayotganini ko‘rsatadi.

O‘rganish davomida sport maktabida tarbiyalanayotgan yoshlarning musobaqalardagi ishtiroki va erishayotgan natijalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxmatchilar o‘rtasidagi 4-IBSA Jahon chempionatida Ahadjon Kimsanboyevning jahon chempioni bo‘lgani sport maktablarida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning salohiyatini yuzaga chiqarish muhim ahamiyat kasb etishini yana bir bor namoyon etadi.

Deputatlik nazorati davomida sport mashg‘ulotlarini tashkil etish, sport inshootlaridan foydalanish, trenerlar faoliyati, yoshlarning muntazam shug‘ullanishi hamda mavjud muammolar yuzasidan tegishli tahlillar olib borildi.

Bunday o‘rganishlar, avvalo, qonun hujjatlarining joylardagi ijrosini ta’minlash, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanilishini baholash va aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 9