Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Gumbaz mahallasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 10-Arabxona saylov okrugidan saylangan deputati M. Muqimova o‘z saylov okrugidagi maktab kutubxonalarida bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati T. Lutfullayev Toshrabot hududida joylashgan bozorda bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati L. Niyozova o‘z saylov okrugidagi fuqarolar bilan uchrashdi
янв.21
Deputat va kotibiyat bosh mutaxassisi tomonidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari ijobiy hal etildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
#deputatlik_nazorati

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati M.Ochilov hamda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov hamkorligida Jondor tumanidagi "Dalmunobod" mahallasi hududida joylashgan 21-oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlari o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilayotgani, bemorlarni qabul qilish jarayonlari, shifokorlar faoliyati, dori-darmon ta’minoti hamda tibbiy muassasada bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
🔹Shuningdek, tibbiy xizmatlardan foydalanayotgan fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlarni kengaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
🔹Ta’kidlanganidek, aholi salomatligini muhofaza qilish, sifatli va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda bu boradagi muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga qaratilgan o‘rganishlar izchil davom ettiriladi

Slide 1 of 3