Fuqarolar murojaatlari ijobiy hal etildi.
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati M. Karimova o‘z saylov okrugida fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaat va muammolarini tingladi.
Uchrashuv davomida ko‘tarilgan masalalarning bir qismi joyida ijobiy hal etildi, qolgan murojaatlar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, fuqarolarga “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (№265-I, 1996-yil 29-avgust)ning mazmun-mohiyati tushuntirildi. Muloqot davomida qonunda belgilangan fuqarolarning sog‘liqni saqlash sohasidagi huquqlari, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari hamda davlat kafolatlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.