Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 10-Arabxona saylov okrugidan saylangan deputati M. Muqimova o‘z saylov okrugidagi maktab kutubxonalarida bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati T. Lutfullayev Toshrabot hududida joylashgan bozorda bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati L. Niyozova o‘z saylov okrugidagi fuqarolar bilan uchrashdi
янв.21
Deputat va kotibiyat bosh mutaxassisi tomonidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari ijobiy hal etildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Qonun va qarorlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi
#qonun_19_1_modda #doimiy_komissiya #deputatlik_nazorati #tavsiyalar #ekspert_guruhi #162_qonun
#qonun_19_1_modda
#doimiy_komissiya
#deputatlik_nazorati
#tavsiyalar
#ekspert_guruhi
#162_qonun


10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati F. Aminov, Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, deputat Sh. Isamutdinov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z. Temirova ishtirokida Kogon shahridagi 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati va mavjud sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mazkur ta’lim muassasasi bugungi kunda 1,5 koeffitsiyent asosida faoliyat yuritayotgani, ya’ni o‘quvchilar soni mavjud quvvatga nisbatan yuqoriligi aniqlandi. Shuningdek, maktabga qo‘shimcha ravishda 1000 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurilishi zarurati mavjudligi ma’lum bo‘ldi.

Ta’kidlanganidek, ayni paytda maktab atrofida 17 ta ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi olib borilmoqda. Mazkur qurilish ishlari yakunlanib, aholi yangi xonadonlarga ko‘chib kelgach, maktabga bo‘lgan ehtiyoj va o‘quvchilar sonining yanada ortishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan ta’lim jarayonini sifatli tashkil etish, o‘quvchilar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida qo‘shimcha bino qurilishi masalasini imkon qadar tezroq hal etish zarurligi qayd etildi. Mazkur masalani viloyat Kengashi sessiyasida ko‘tarish va uni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish yuzasidan takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 6