Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 10-Arabxona saylov okrugidan saylangan deputati M. Muqimova o‘z saylov okrugidagi maktab kutubxonalarida bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati T. Lutfullayev Toshrabot hududida joylashgan bozorda bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati L. Niyozova o‘z saylov okrugidagi fuqarolar bilan uchrashdi
янв.21
Deputat va kotibiyat bosh mutaxassisi tomonidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari ijobiy hal etildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Qonun va qarorlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi
#Chinoz_tumani Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati o'rganildi


🔰Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga asosan, “O'zLiDep” partiyasidan 1-Markaz saylov okrugidan saylangan deputat E.Saidov nomidan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Ulugʻbekova, tumandagi Koʻp tarmoqli markaziy poliklinikada bepul beriladigan dori vositalari bilan taʼminlash holati oʻrganildi.

📝Oʻrganish jarayonida aholiga bepul tarqatiladigan dori vositalarining mavjudligi, ularni saqlash sharoitlari hamda hisob-kitob va tarqatish hujjatlarining yuritilishi koʻzdan kechirildi. Shuningdek, dori vositalarining belgilangan tartib asosida fuqarolarga yetkazib berilishi, tegishli qayd daftarlarining yuritilishi va masʼul xodimlarning faoliyati tahlil qilindi.

✅O'rganish davomida dori vositalari uchun ajratilgan maxsus javonlar va saqlash xonalari holati oʻrganilib, roʻyxatlar va qayd daftarlari tekshirilib, amaldagi tartib-qoidalarga rioya etilishi yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 3