Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sog‘lom hayot sari muhim targ‘ibot
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganildi, deputat so‘rovi tayyorlanmoqda
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini o‘rganmoqda
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini o‘rganmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaatlari e'tiborda
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 2026-yil 9-iyundagi VII-22-45-5-72-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan tumandagi yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli, samarali va xavfsiz tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtlarini foydali mashg‘ulotlarga jalb qilish hamda iqtidor va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar dasturi ijrosi yuzasidan monitoring olib borilmoqda.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari ijobiy hal etilmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaatlari tinglandi va ijobiy yechim topdi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy natija bermoqda
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi.
Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish — ustuvor vazifa: "Abdurahmon Jomiy" mahallasida deputatlik nazorati
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov, 24-“Abdurahmon Jomiy” saylov okrugi deputati A.Tog‘aymuratov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar shahardagi “Abdurahmon Jomiy” mahallasida bo‘lib, hududiy faoliyatni tahlil qildilar.

⏺Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-sonli “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Oliy Majlis Senati Kengashining 2026-yil 22-iyundagi KQ–360-V-sonli qarori ijrosi hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi. Bu esa har bir deputatning o‘z saylov okrugidagi mas’uliyatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Hokim yordamchisi hamda ijtimoiy xodim faoilyati tahlil qilindi.

💬Mas’ullar mahalla raisi bilan suhbatlashib, "mahalla yettiligi" vakillarining bugungi kundagi ish faoliyatini tanqidiy tahlil qildilar:

🟢Hokim yordamchisi faoliyati: Mahallada iqtisodiy o‘sish nuqtalarini aniqlash, ishsiz aholini daromadli mehnatga jalb qilish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi aniq ko‘rsatkichlar ko‘rib chiqildi.

🟢Ijtimoiy xodim faoliyati: Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, yolg‘iz keksalar va nogironligi bor shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning manzilliligi hamda ularning ijtimoiy reyestrdagi holati tahlil qilindi.

💬Kengash kotibiyati mudiri yig‘ilish davomida deputat A.Tog‘aymuratovga o‘z saylov okrugidagi mas’uliyatini yanada oshirish, aholini qiynayotgan muammolarni bartaraf etishda ijro organlari bilan hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berdi.

💬 "Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish bo‘yicha Prezident Farmoni ijrosi — bu shunchaki qog‘ozdagi topshiriq emas, bu — odamlarimizning hayot tarzini o‘zgartiradigan asosiy hujjatdir," — deya ta’kidladi kotibiyat mudiri.
Slide 1 of 3