Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati N. Ismailova tomonidan tumandagi “Uchqo‘rg‘on” mahallasi “yettilik” a’zolarining ish faoliyati o‘rganildi.
📥O‘rganish jarayonida mahallada “yettilik” tomonidan aholi muammolarini aniqlash va ularni hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, shuningdek, aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shu bilan birga, mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, amalga oshirilayotgan loyihalar samaradorligi hamda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimiga alohida e’tibor qaratildi.
✔️Uchrashuv davomida “yettilik” a’zolari bilan mavjud muammolar, ularni bartaraf etish choralari va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Ish samaradorligini oshirish, aholi bilan muloqotni yanada kuchaytirish hamda manzilli yondashuvni kengaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
📥Yakunda mahallada ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, aholi bandligini oshirish, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash va fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilishi zarurligi ta’kidlandi