Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kosonsoy tumani 13-“Yangi O‘zbekiston” saylov okrugidan saylangan deputat G‘ofurjon Abdurahmonov “Yangi O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla “yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Kosonsoy tumani 13-“Yangi O‘zbekiston” saylov okrugidan saylangan deputat G‘ofurjon Abdurahmonov “Yangi O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla “yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🏦Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar hamda ularning yechimlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Deputat tomonidan hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, infratuzilma bilan bog‘liq masalalar va fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.

⌛Shuningdek, fuqaro Sattorov Salohiddin tomonidan qizini ishga joylashtirish masalasida bildirilgan murojaat ko‘rib chiqilib, deputat tomonidan tegishli tartib-taomillar bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi hamda masalani hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik qilish zarurligi ta’kidlandi.

⌛Uchrashuvda ijtimoiy xodim F. Abdullayeva hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchi M. Hamrayeva bilan ham kelgusida amalga oshiriladigan ishlar, xususan, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash hamda xotin-qizlar faolligini oshirish borasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

⌛Yakunda deputat tomonidan bildirilgan barcha taklif va muammolar tegishli tartibda nazoratga olinishi hamda ularning ijobiy yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishi qayd etildi.

Slide 1 of 4