Kosonsoy tumani 9-Zamondosh saylov okrugida o‘tkazilgan sayyor qabullar hamda fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida hududdagi bir qator dolzarb muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.
🔎 Mazkur murojaatlar asosida Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati Ismailova Nozima tomonidan Kosonsoy tuman hokimligiga deputatlik so‘rovi yo‘lladi
✏️ So‘rovda quyidagi asosiy masala ko‘tarildi:
✍️Zamondosh mahalla fuqarolar yig‘ini hududida, xususan Yangi avlod ko‘chasi hamda Farhod fermer xo‘jaligi atroflarida qarovsiz itlar soni keskin ortib borayotgani haqida fuqarolar murojaati.
📂 Deputat so‘rovining asosiy maqsadi — mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi xavfsizligi va qulayligini ta’minlash hamda fuqarolar uchun munosib yashash sharoitini yaratishdan iborat