Yoshlar muammolari — doimiy e’tiborda
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Bektemirov "Do‘stlik" MFYda bo‘lib, mahalla yoshlar yetakchisi bilan uchrashdi.
Muloqot davomida hududdagi yoshlarning bugungi kundagi muammolari, ularni qiynayotgan masalalar va murojaatlar atroflicha muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq choralar belgilab olindi.
Maqsad — yoshlar ovozini tinglash va ularning masalalariga yechim topish.