Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Bekzod Bobomurodov va tegishli mas’ullar M-37 xalqaro yo‘li bo‘yidagi 5 gektar maydonda tashkil etilgan "Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi"da bo‘lishdi.
янв.21
“YASHIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDA NAZORAT TADBIRI O‘TKAZILDI.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri U. Bobojonov tomonidan siyosiy partiyalar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Qalayi Azizion mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Viloyat deputati va tuman deputati hamkorlikda texnikumga tashrif buyurdi.
янв.21
OYDIN HOJIYEVA XOTIRASIGA EHTIROM KO‘RSATILDI.
янв.21
Аholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Toshrabot aholisi bilan muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.
янв.21
Azizobod mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Karimova o‘z saylov okrugida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Deputatlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri D.Sherboyev kunlik Ish rejasiga asosan tuman Kengashi deputati R.Korakulov saylangan 6-Duoba saylov okrugiga qarashli “Yakkatol” mahallasida bo‘lib, “mahalla yettiligi” a’zolari bilan suhbat o‘tkazdi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi KQ-35–V-sonli Qarorida belgilab berilgan vazifalarni bajarish uchun mahallada deputatlar bilan “mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish, aniqlangan hamda fuqarolar qabullari jarayonida ko‘tarilgan turli masalalarga doir muammolarni hal etish choralari birgalik ko‘rib borib, aholini rozi qilishdan iboratdir.

Suhbat davomida mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalar ham muhokama qilindi. Mahalla hududini obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi turmush sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, deputat mahalla hududiga chiqib, dehqonchilik va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar xonadonlariga bordi.

Fuqaro Murtazayeva Dilfuza 33 mln kredit olib, 3 sotix yer maydoniga issiqxona tashkil etgan. Buning natijasida 2 nafar fuqaroning ish bilan bandligi ta’minlagan,

Fuqaro Mamatqulova Shaxnoza esa 50 mln kredit olib muzqaymoq ishlab chiqaruvchi apparati hamda qandolat ishlab chiqarish apparatini xarid qilib, faoliyat yuritmoqda. Ushbu fuqarolarga mahalladagi hokim yordamchisi ko‘magi bilan imtiyozli ravishda kredit mablag‘lari chiqarilishiga yordam berilgan.

Tanishish jarayonida fuqarolarning mavjud muammolari va takliflari tinglandi. Ayrim masalalar ijobiy yechimini qilish maqsadida deputatlar tomonidan qayd qilib olindi.

Slide 1 of 8